Вы действительно хотите выполнить это действие?
Tezyol platformasida buyurtma berish jarayoni juda oson va tushunarli. Xaridni muvaffaqiyatli yakunlash uchun quyidagi bosqichlarni bajaring:
Kerakli ehtiyot qismini topganingizdan so‘ng, uni savatchaga qo‘shing. Buning uchun mahsulot sahifasida "Savat" tugmasini bosing. Siz izlashni davom ettirib, boshqa mahsulotlarni ham savatchaga qo‘shishingiz mumkin.
Barcha mahsulotlarni savatchaga qo‘shganingizdan so‘ng, buyurtma berish jarayoniga o‘tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlashingiz mumkin:
Bu bosqichda yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni kiriting:
O‘z qo‘lingiz bilan olib ketishni tanlasangiz, hudud va bo‘lim nomini, shuningdek, F.I.Sh., telefon raqami va email manzilingizni kiriting.
Agar bu variantni tanlasangiz, faqat F.I.Sh., telefon raqami va email manzilingizni ko‘rsating.
Barcha ma'lumotlarni kiritgandan so'ng, "Buyurtmani rasmiylashtirish" tugmasini bosib, buyurtmangizni tasdiqlang.
Buyurtma muvaffaqiyatli rasmiylashtirilgandan so'ng, ko‘rsatilgan email manzilingizga buyurtma qabul qilinganligi haqida xabar yuboriladi. Shundan so‘ng, yetkazib berish holati haqida ma'lumot beruvchi xat yuboriladi.